O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi mart oyida ikkita xalqaro turnirda ishtirok etadi

  • 26 yanvar, 2019, 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berib o‘tganimizdek, futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi oldiga ham Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgandi. Shu maqsadda terma jamoa uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayni paytda qizlarimiz Toshkent viloyatidagi «Chorvoq» oromgohida tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini olib borishmoqda.

Tecno

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etishdan maqsad terma jamoa uchun nomzodlarni yana bir marotaba sinovdan o‘tkazish, ularning funktsional holatini tekshirish va jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari futbolchi qizlarimizning ruxiy tayyorgarligiga ham yig‘in davomida alohida e’tibor qaratiladi.

Bungacha terma jamoa tayyorgarlikning birinchi bosqichini 5-15 yanvar kunlari poytaxtimizdagi «Chig‘atoy» sport bazasida olib bordi. Hozirda «Chorvoq» oromgohida o‘tkazilayotgan yig‘in esa 19 yanvar – 9 fevral kunlariga mo‘ljallangan. Tayyorgarlikning uchinchi (10-15 fevral) va to‘rtinchi (20-24 fevral) bosqichi «Chig‘atoy» sport bazasida davom ettiriladi. So‘ngra qizlarimiz beshinchi bosqich doirasida 25-fevral – 6 mart kunlari Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadilar. Qolaversa, 15-21 mart kunlari Jizzaxda ham xalqaro turnir tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

1-12 aprel kunlari esa Olimpiya o‘yinlariga saralash turnirining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinlar katta ehtimol bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 13 fevral kuni tashlanadigan qur’ada terma jamoamizga raqiblik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ladi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ayni paytda «Chorvoq» oromgohida davom etayotgan yig‘inda terma jamoamiz bilan birga engil atletika bo‘yicha mutaxassis ishlamoqda. Aynan u qizlarimizning jismoniy holatini kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib turibdi. Bugun yig‘inda qatnashayotgan futbolchilarning funktsional tayyorgarligi tekshirildi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yig‘inda quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

Darvozabonlar:
Maftuna Jonimkulova – «Sevinch»
Gulandon Boymatova – «Metallurg»

Himoyachilar:
O‘g‘iloy Qo‘chqorova – «Bunyodkor»
Dilrabo Asadova – AGMK
Soliha Husniddinova – «Bunyodkor»
Xolida Dadaboeva – «Metallurg»
Dilnoza Bektemirova – «Bunyodkor»
Feruza Boboxo‘jaeva – «Sevinch»
Maftuna Shoyimova – «Sevinch»
Tanzilya Zarbieva – «Sevinch»
Aziza Norboeva – «So‘g‘diyona»

Yarim himoyachilar:
Dildora Nozimova – «Metallurg»
Umida Zoirova – «Bunyodkor»
Feruza Turdiboeva – «Metallurg»
Fazilat Bahromova – «Sho‘rtan»
Rushaniya Safina – «Metallurg»
Malika Burxonova – «Sevinch»
Maftuna Panjieva – «Sevinch»

Hujumchilar:
Nilufar Qudratova – «Sevinch»
Shaxnoza Qurbonova – «Sevinch»
Diyora Xabibullaeva – «Metallurg»
Kamola Berdieva – «Lokomotiv»
Nilufar Dadajanova – «Andijanka»

Bosh murabbiy: Bahrom Norsafarov
Katta murabbiy: Gulnora A’zamova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!