
Oybek Qilichev yana "Andijon"ga qaytdi
Superliga debyutanti hisoblangan “Andijon” o‘z safini mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tgan mavsumni AGMK klubi safida o‘tkazgan yarim himoyachi Oybek Qilichev “burgutlar” bilan shartnoma imzoladi. Ta’kidlash kerakki, uning uchun “Andijon” begona emas. Boisi, Qilichev 2011 yilgi mavsumni andijonliklar safida o‘tkazgan va 18ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi faoliyati davomida shuningdek “Paxtakor”, “Al-Shaab” (BAA), “Paykan” (Eron), “Perak” (Malayziya) va “Navbahor” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar