
Ot sporti bo‘yicha "Global tour-2018" Zangiotada bo‘lib o‘tdi (foto)
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan "BABOS" - Barkamol avlod bolalar ot sporti klubida ot sporti bo‘yicha "Global tour-2018" ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaga tashrif buyurganlarga saxiyqalb homiylar tomonidan Navro‘z dastruxoni yozildi. Bahoriy taomlar halim, sumalak, ko‘k somsa baham ko‘rildi. Doshqozonlarda palovxonto‘ra tayyorlandi. Ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.
(P.S.Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari haqida keyingi chiqishlarimizda ma’lumot beramiz)
Fikrlar