Ot sporti. Ertaga konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanadi

CHERY AUTO

 

Tecno

Ertaga, 13 aprel kuni kattalar o‘rtasida konkur bo‘yicha shaxsiy va jamoaviy yo‘nalishlarda O‘zbekiston chempionati boshlanadi.

Uch kun davom etadigan ushbu musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan chavandozlar ishtirok etadilar. Mazkur turnir O‘zbekiston mezbonlik qiladigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini ham bajarishi ham ko‘zda tutilgan.

Bellashuvlar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil qilinadi:

13 aprel

130 sm – 7 yosh va undan katta otlar uchun
120 sm – 5-7 yoshli otlar uchun


14 aprel

140 sm – 7 yoshli otlar uchun
125 sm – 5-7 yoshli otlar uchun


15 aprel

150 sm – 7 yosh va undan katta otlar uchun
130 sm – 5-7 yoshli otlar uchun

Yuqoridagi uch marshrut bo‘yicha egallangan o‘rinlar yig‘indisi bo‘yicha mutloq g‘olib aniqlanadi. Musobaqa poytaxtimizdagi “Universal Jumping Club” ot sporti majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!