
Osiyo o‘yinlari. Mirazizbek Mirzahalilov ham finalda
-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov yarim finalda indoneziyalik Sunan Agung Amoragamga qarshi ringga chiqdi.
Tomoshabop tarzda kechgan jangda bokschimiz yaqqol ustunlik qildi va hakamlar bir ovozdan Mirazizbekning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.
Ertaga 23 yoshli bokschimiz oltin medal uchun jangda KXDR vakili Eo Xyaam Namga qarshi jang o‘tkazadi.
Fikrlar