
Osiyo o‘yinlari. Bugun musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati
Bugun o‘zbek bokschilarining etti nafari oltin medal uchun ringga ko‘tariladilar. Hamyurtlarimizdan ko‘plab medallar shodasi kutilmoqda. Shuningdek, dzyudo bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida jamoaviy miks bahslari o‘tkaziladi. Qolaversa, baydarka va kanoeda eshkak eshish, sambo, triatlon bo‘yicha musobaqalarda ham yurtdoshlarimiz medallar uchun kurash olib boradilar.
Bahslarda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxatini e’tiboringizga havola qilamiz:
Dzyudo:
Erkaklar, jamoaviy (saralash va final)
Ayollar, jamoaviy (saralash va final)
Sambo:
(saralash va finallar)
-90kg: Kamoliddin Xolmamatov
-90kg: Ne’mat Yoqubov
-68kg: Gulmira Ismatova
-68kg: Nilufar Davletova
Boks:
(finallar)
-49kg: Hasanboy Do‘smatov - Amit (Hindiston)
-52kg: Jasurbek Latipov - Rogen Ladon (Filippin)
-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Erdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Baydarka va kanoeda eshkak eshish:
Olga Umaralieva (yakkalik, K1, 200m, final)
Dilnoza Rahmatova (yakkalik, S1, 200m, final)
Artur Guliev, Elyorjon Mamadaliev (juftlik, S2, 200m, final)
Ekaterina Shubina, Yuliya Borzova (juftlik, K2, 500m, final)
Natalya Kazantseva, Yuliya Borzova, Ekaterina Shubina, Kseniya Kochneva (to‘rtlik, K4, 500m, final)
Triatlon: Aleksandr Kurishov, Javohir Yunusov (yakkalik, standart, final)
Fikrlar