Osiyo o‘yinlari 12-kun. Bugun bir pog‘ona yuqoriladik va 6-o‘ringa chiqib oldik (FOTO)

CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning o‘n ikkinchi kunida hamyurtlarimiz bir qator medallar uchun bahs olib borishadi.

Tecno

Dastlab musobaqaning kanoeda eshkak eshish sport turining ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi bo‘lib etib bordi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ular xitoylik raqiblaridan 3,6 soniya ortda qolishdi va 2:06.160 natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘yishdi. Keyin ushbu sport turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Vadim Menkov marraga birinchi bo‘lib etib bordi va yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi. 

Kunning ikkinchi yarmida esa Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan kurash bo‘yicha -78 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi final bahs bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Kumush Yo‘ldosheva mo‘g‘ulistonlik Otgon Munxtsetsegga qarshi gilamga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz raqibasi ustidan halol bahosi bilan g‘alaba qozondi. 

Keyinroq dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz Gulnoza Matniyazova xitoylik Ya Juga qarshi tatamiga ko‘tarildi.Qiziqarli o‘tgan bahsda esa hamyurtimiz raqibasini ippon bahosi evaziga mag‘lub etdi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib hamyurtlarimiz bugun jami 8ta medalni (3ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza) qo‘lga kiritishdi va degelatsiyamiz hisobidagi medallar soni 53taga etdi. E’tiborlisi, bugungi qo‘lga kiritilgan medallar evaziga O‘zbekiston umumjamoa hisobida 7-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

medal_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!