
Osiyo kubogi-2019. Vetnam penaltilar seriyasida Iordaniyani engdi va chorak finalga chiqdi
Unda Iordaniya hamda Vetnam terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Dubaydagi "Al-Maktum" stadionida kechgan uchrashuvda hisobni iordaniyaliklar ochishdi. Aniqrog‘i 39-daqiqada Baha Abdulrahmon vetnamliklar darvozasini ishg‘ol etdi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Nguen Chong Puong o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtida hisob o‘zgarishsiz qoldi. Natijada penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereyasi"da esa omad vetnamliklarga kulib boqdi (4:2) va ular chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar