
Oksana Chusovitina davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma besh yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari Prezident Shavkat Mirziyoev farmoniga ko‘ra faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlandi.
Ular orasida sport gimnastikasi bo‘yicha 7 karra olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Oksana Chusovitina ham bor. 42 yoshli sportchimiz “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
Qayd etish lozim, 2 hafta oldin Chusovitina Germaniyaning Kottbus shahrida o‘tkazilgan Jahon Kubogining navbatdagi bosqichida g‘alaba qozonib, 2020 yilda Tokio mezbonligida o‘tadigan olimpiya o‘yinlari uchun qo‘lga kiritiladigan litsenziya uchun o‘z imkoniyatini bir karra oshirgan edi.
Fikrlar