
Og‘ir moliyaviy sharoitda bo‘lishiga qaramay Hamdamovning "Anji"si Turkiyada 2 ta yig‘in o‘tkazadi
Maxachkalaning "Anji" klubi bosh murabbiyi Magomed Adiev jamoaning davralar oralig‘idagi yuzaga keladigan tanaffus rejalari haqida gapirdi.
“Klub sport direktorining menga aytishicha biz Turkiyada 2ta yig‘in o‘tkazamiz. Qishda aslida 3ta yig‘in bo‘lishi kerak, ammo menga faqat 2ta deb aytishdi”, - deydi Adiev.
Eslatib o‘tamiz, “Anji” safida hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradi va maxachkalaliklar mavsum boshidan buyon juda katta moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Anji” hozircha 15 ochko bilan premer-ligada 15-egallab turibdi.
Fikrlar