Og‘ir atletikachilarimizdan medallar shodasi

CHERY AUTO

Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

Tecno

Mazkur musobaqalarda terma jamoamiz sharafini -62 kgda Muhammadali Qaxramonov, - 77 kgda Sarvar Tashtemirov, -85 kgda Sunnat O‘sarov, Fayzullo Nabiev, -94 kgda Shodilbek Ergashev, Otaxon Imomov, -105 kgda Akbar Jo‘raev, Aleksandr Li, xotin-qizlar o‘rtasida -48 kgda Maxliyo Tog‘oeva, -58 kgda, Muattar Nabieva, Shahlo Abdullaeva, -63 kgda Kumush Fayzullaeva, -69 kgda, Tursunoy Jabborova, Manzura Mamasalieva,-75 kgda, Omadoy Otaqo‘zieva hamda -90 kgda Dolera Davronova himoya qilmoqda.

Musobaqalarning dastlabki kungi bahslarida O‘zbekiston terma amoasi ja’zolari 9 medalni qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogi va klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 56 kilogramm vazn toifasida Muhammadali Qaxramonov dast ko‘tarishda 111 kilogrammni, siltab ko‘tarishda 145 kilogrammni ko‘tarib, umum hisobda 256 kilogramm natija bilan oltita kumush medalga sazovor bo‘ldi. ( 3ta kumush Osiyo Kubogida, yana 3 ta kumush klublar o‘rtasidagi qit’a chempionatida).

Osiyo Kubogining xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Maxliyo Tog‘oeva dast ko‘tarishda 68 kilogrammni, siltab ko‘tarishda esa 87 kilogrammni,  umumiy hisobda 155 kilogrammlik og‘irlikni bo‘y sindirib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!