
Og‘ir atletikachilarimiz xorijiy yig‘inga jo‘nab ketishdi
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi litsenzion musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi. Shu munosabat bilan yigitlarimiz bugun Ukrainaning Kamenets-Podolskiy shahrida o‘tkaziladigan xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga yo‘l olishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra polvonlarimiz u erda 9 fevralga qadar shug‘ullanadilar. So‘ngra mashg‘ulotlar Bolgariyada (9 fevral – 4 mart) davom ettiriladi. Tayyorgarlikning keyingi bosqichi esa MOQ strategiyasi asosida 4-27 mart kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yig‘inlarda terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:
Sportchilar:
Farhod Sobirov
Adhamjon Ergashev
Sunnatulla O‘sarov
Muhammadqodir Toshtemirov
Rustam Djangabaev
Akbar Jo‘raev
Doston Yoqubov
Murabbiylar:
Bahrom Mendibaev
Erjas Boltaev
Massajchi:
Obiddin Muslimov.
Fikrlar