
Obameyang terma jamoasi uchadigan samolyotdan or qildi va unga chiqishni istamadi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang samolyotning etarli darajada qulay emasligi bois Gabon terma jamoasi safida o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 29 yoshli futbolchi Afrika millatlar kubogi saralashi doirasida o‘tkazilgan Janubiy Sudanga qarshi bahsga borishni istamagan. Uning fikricha Gabon terma jamoasining samolyoti top darajadagi futbolchilar uchadigan samolyot standartiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
E’tiborlisi, gabonliklar safarda garchi etakchi futbolchisisiz harakat qilishgan bo‘lsa ham yakunda kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.
Obameyang esa “Arsenal” karorgohiga qaytgan. Biroq, futbolchi atrofida mojarolar kelib chiqmasligi uchun rasmiy bayonotda Obameyang jarohati sabab safar o‘yiniga bormagani aytilgan.
Fikrlar