Obameyang APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 10 noyabr, 2018, 08:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang APLda oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Tecno

29 yoshli futbolchi uchta o‘yinda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Gabonlik hujumchi “Fulxem” (5:2) va “Lester”ga qarshi (3:1) o‘yinlarda dubl qayd etgan bo‘lsa, “Kristal Pelas” bilan (2:2) bahsda bitta gol kiritdi.

Obameyang APLning 11 o‘yinida jami 7 ta golga mualliflik qildi. Ayni vaqtda Serxio Aguero (“Manchester Siti”) va Eden Azarda (“Chelsi”) ham shungachadan gol bor va ular to‘purarlar ro‘yxatida etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!