No‘’mon Hasanov: "Qo‘qon-1912" kubok finaliga chiqmoqchi

  • 18 sentabr, 2018, 22:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Avvalo bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi g‘alabada muxlislarimizning ham hissalari beqiyos bo‘ldi.

Tecno

O‘yinga keladigan bo‘lsam, bugun birinchi taymdagi o‘yinimiz men istagan o‘yin bo‘ldi. 2-taymga kelib yigitlarda biroz charchoq alomatlari sezildi. Shunaqa paytda zahira o‘rindig‘ida o‘yinni kuchaytiradigan, tajribali futbolchilar etishmasligi bizga ko‘p o‘yinlarda pand beryapti.

Ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushirgan futbolchilarim barchasi yosh futbolchilar. Hali ular bilan ko‘p ishlashimiz kerak. Shunga qaramay g‘alabani saqlab qolganimiz quvonarli bo‘ldi.

Yarim finalda kim raqib bo‘lishini farqi yo‘q. Chunki yarim finalda kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Biz finalga chiqish uchun astoydil harakat qilamiz. Hozircha esa bor e’tiborimizni Navoiyda bo‘ladigan 24-tur o‘yiniga qaratishga majburmiz", - dedi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!