
No‘’mon Hasanov: Men xato qilmadim
Avvalambor, muxlislarimizga rahmat, bizni tinimsiz qullab-quvvatlab turishgani uchun. Ulardan uzr suraymiz, bunday hisobda mag‘lubiyatga uchramasligimiz kerak edi. Himoyachilarimiz ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ayniqsa birinchi daqiqada juda qo‘pol xato bo‘ldi. “Paxtakor”dek jamoaga qarshi o‘ynaganda bunday xatolar qilish mumkin emas edi. Bizda ham to‘p kiritish uchun bir qator vaziyatlar bo‘ldi. Lekin ulardan foydalana olmadik.
Tarkib tanlashda adashmadim, deb o‘ylayman. Barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Birinchi daqiqada gol o‘tkazib yuborganimiz ham bizga pand berdi. Keyin penaltidan hisobni tenglashtirdik. Lekin xatolarimiz evaziga mag‘lub bo‘ldik.
Agar ikkinchi golni urganimizda umuman boshqacha o‘yinga guvoh bo‘lardik. Bu futbol unda nimalar bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi", - dedi Hasanov.
Fikrlar