No‘’mon Hasanov: Merzlyakovning xatosi qimmatga tushdi

  • 3 oktabr, 2018, 21:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ochig‘i bunday natijadan so‘ng odam bir nima deyishga ham hayron bo‘larkan. Bugun futbolchilarimga g‘alabadan boshqa natija bizni qoniqtirmasligini uqtirgan edim. Tayyorgarligimiz ham shunga yarasha bo‘lgan edi. O‘yin davomida futbolchilar maydonda ko‘plab vaziyatlarni yaratishdi, biroq yakunlovchi zarbalarda aniqlik etishmadi, ba’zi hollarda esa omad bizdan yuz o‘girdi.

Tecno

Uchrashuv so‘nggida tajribali himoyachimiz Aleksandr Merzlyakov juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va natijada raqiblarimiz ikkinchi golni kiritib g‘alaba qozonib ketishdi. Bugun futbolchilarim men kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi", - dedi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!