"Nitstsa" Balotellining narxini e’lon qildi

  • 23 dekabr, 2018, 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nitstsa" hujumchisi Mario Balotelli yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘ida katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.

Tecno

Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsuz klubi 29 yoshli italiyalik futbolchini taxminan 1,5 - 3 mln evro atrofiga pullamoqchi. Unga esa hamon “Marsel” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Marselliklar Balotellini o‘tgan yozdayoq o‘z saflariga qo‘shib olishglari mumkin edi. Ammo, yakunda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmagandi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Balotelli faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning jamoadan ketishiga asosiy sabab sifatida bosh murabbiy Patrik Vieyra bilan kelisha olmay qolganligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!