
Nelson Semedu: "Barselona" libosini kiyganimdan fahrlanaman
“Barselona” klubining yangi a’zosi Nelson Semedu o‘zining “Benfika”dan Kataloniya super klubiga ko‘chib o‘tganligi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Barselona”ga menga shunday imkoniyat bergani va ishonch bildirgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Men bu jamoa libosini kiyishdan juda ham fahrlanaman. Bu klub uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman. Men bu jamoani yaxshi ko‘raman, bu buyuk klub. Bundan tashqari menga Barselona shahri ham juda yoqadi.
Barcha futbolchilar “Barselona”da to‘p surishni orzu qiladi. Shu qatori men ham”, - deydi Semedu klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Semedu “Benfika” safida 65 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritib, 12 ta golga assistentlik qilgan. Portugaliya termasida esa 6 ta bahsda maydonga tushgan va Konfederatsiyalar Kubogi-2017 bronza medali sohibi sanaladi.
Fikrlar