
Naomi Osaka ham finalga yo‘l oldi
Melburn shahrida o‘tayotgan Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bahslarda finalda ishtirok etuvchi tennischilar nomi aniq bo‘ldi.
Dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi yaponiyalik Naomi Osaka chexiyalik Karolina Plishkovani 6:2, 4:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Osaka endi "Katta dubulg‘a" turkumidagi mazkur musobaqaning final uchrashuvida yana bir chexiyalik tennischi Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar