
Muxlislar JCh-2018ning eng esda qolarli vaziyatiga ovoz berishdi
FIFA o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida yozda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan JCh-2018 musobaqasining eng esda qolarli vaziyatini aniqlash bo‘yicha muxlislar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.
Ishqibozlarning teng yarmi (50%) Ispaniyaga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronalduga ovoz berishgan.
Bu borada keyingi o‘rinlarni Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroosning Shvetsiyaga urgan goli (24%) va Urugvay forvardi Edinson Kavanining Portugaliya darvozasiga urgan gollari egalladi (19%).
Fikrlar