
Milosh Raonich uchun 25ta eys ham yordam bermadi
Kanadalik Milosh Raonich va frantsiyalik Lyuka Puy Avstraliya ochiq chempionatining chorak final bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasida o‘tgan uchrashuv Melburn shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Milosh 6:7, 3:6, 7:6, 4:6 hisobida kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi "Australian Open" turnirining yarim finalida Puy serbiyalik Novak Jokovich yoki, yaponiyalik Kei Nishikoriga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar