
Millatlar ligasi. Angliya Xorvatiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi va pley-offga chiqdi
Londondagi "Uembli" stadionida kechgan uchrashuvda hisobni xorvatlar ochgan bo‘lsalarda, Garet Sautgeyt shogirdlari yakunda iroda namoyish etishdi va 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Shu tariqa inglizlar 7 ochko bilan o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va kelgusi bosqichga chiqdi. Zlatko Dalich boshqaruvidagi xorvatlar esa kelgusi mavsum B ligada ishtirok etadigan bo‘ldi.
Fikrlar