
Millatlar Ligasi: Angliya – Ispaniya o‘yinidan chiqarilgan to‘rt xulosa
O‘yinda etakchilik qilganiga qaramay, Angliya UEFA Millatlar Ligasining ochilish o‘yinida Ispaniyaga qarshi 2-1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Garet Sautgeyt shogirdlari bellashuvni ancha jonli boshlashganiga qaramay alal-oqibat Ispaniya termasiga mag‘lub bo‘ldi. Bu o‘yindan qanday xulosalar qilishimiz mumkin?
- Reshford Angliyaning “jallod”i bo‘lishi mumkin
Markus Reshford nihoyat Angliyaning hujum chizig‘ida o‘ynashni boshladi va u nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. U bir vaqtlar xet-trik urib g‘alaba keltirganidek zo‘r o‘yin o‘tkazgani yo‘q, ammo u jamoasiga nima bera olishini namoyish qildi.
Reshford Angliyaning hujumdagi asosiy quroli bo‘ldi. Uning harakatlanishi, finti uchta juda yaxshi vaziyatni taqdim qildi. Uning o‘yini ancha kuchli chiqdi, boshqa biror termadoshi u kabi o‘yin ko‘rsata olmadi. Raxim Sterling uzoq masofaga to‘p bilan yugura olishi mumkin, ammo uning asosiy ichki sezgisi Reshfordchalik ishlamadi.
Albatta, “Manchester Yunayted” vakili o‘z o‘yinini kuchaytirish uchun ko‘proq ushbu pozitsiyada o‘ynashi kerak.
- Angliya tayanch yarim himoyachisiga muhtoj
Jahon Chempionatida Angliyaning yagona zaif nuqtasi Jordan Xenderson harakat qilayotgan tayanch yarim himoyasi edi. Kecha Ispaniyaning ikki gol urgani bir narsani: Xenderson yana tayanch yarim himoyasida o‘ynaganini ko‘rsatdi. “Liverpul” a’zosi yomon o‘yinchi emas, u shunchaki tayanch yarim himoyachisi emas va bu grand jamoaga qarshi o‘yinlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Xenderson Ispaniyaning yarim himoyachilariga qarshi o‘ynay olmadi, Saulning hisobni tenglashtirganida ham, Rodrigoning g‘alaba to‘pida ham aynan uning xatosi ortidan sodir bo‘ldi.
“Liverpul”da u qora ishni bajaruvchi futbolchilar bilan qurshalgan. Biroq u Angliyada Dele Alli va Jesse Lingarda ortida harakat qiladi. Ular esa Nabi Keyta, Milner yoki Veynaldum emas. Sautgeyt yaqin kelajakda Nataniel Chaloba va Xarri Uinksning rivojlanishiga umid qilishdan boshqa chorasi yo‘q.
- Luis Enrike shaxsiyati porlamoqda
Luis Enrike Ispaniya termasi boshqaruviga kelgach, 2007-yildan beri birinchi marta yangi davr boshlandi. Inesta, Pike yok David Silvalar endi yo‘q. O‘n yillikda birinchi marta asosiy tarkibda “Barselona”ning ikki futbolchisi harakat qildi. Ko‘p tomonlama, Enrike ushbu o‘tish davri uchun ideal murabbiy hisoblanadi. Aynan shunday davrni u “Barselona” bilan muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirgandi.
Lucho “Kamp Nou” Xavining ketishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir vaqtda bor e’tiborni jismoniy ko‘rsatkich va pozitsiyaga qaratgandi. Ispaniyada ham bunday holat uzoq vaqtdan beri kuzatilmagandi.
Ispaniya hisobda olding chiqib olgach himoyalanish uchun uyalib o‘tirmadi. Enrike qo‘li ostida Klaudio Bravo jahon darajasidagi darvozabonga aylandi. Bu oqshom David De Xea o‘zining eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazib, termasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
- Xarri Keynga nimadir bo‘lgan
Xarri Keyn haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Yulduz va sardor hujumchilarning katta muammosi shundaki, ular o‘z o‘yinini ko‘rsata olmayotgan bo‘lishsa ham, zaxiraga olinimaydi. Sautgeyt jamoasida bu Jahon Chempionatining chorak final o‘yinidan beri davom etib kelmoqda.
Keyn nimchorak finalda Kolumbiyaga qarshi o‘yindan beri u qadar o‘ziga o‘xshamay kelmoqda. U “Tottenxem”da jarohatlar yoki charchoq tufayli o‘ynab kelayotgandir, ammo u umuman sport formasida emas.
Keynning harakatlanishi chegaralangan. 9-raqam ortida yaxshi terma jamoalarga qarshi o‘ynay olmaydigan Lingard va Dele harakat qiladi. Bu holat Reshfordni yolg‘izlatib qo‘yadi va Angliyaning hujumi bir taraflama bo‘lib qolganini anglatadi. Jamoa Uelbek, Sterling va Reshford bilan ancha tajovuzkor o‘ynamoqda, Keyn esa yo‘qolib qolmoqda.
Fikrlar