
Milan "Latsio"ga yordam berolmaydi
Rimning “Latsio” klubi xavbeki Milan Badel A Seriyaning navbatdagi turida “Parma”ga qarshi o‘ynamaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda xorvatiyalik futbolchi terma jamoa safidan qaytib kelgach mashg‘ulotlarda jamoadoshi Lukas Leyva bilan to‘qnashib ketgan va jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Parma” – “Latsio” bahsi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar