
Merganlarimiz saralashdan o‘ta olishmadi
Osiyo o‘yinlarining dastlabki kungi bahslari davom etmoqda.
Ushbu kungi bahslarning pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha davom etayotgan bahslarning saralash bosqichi o‘z yakuniga etdi. Ushbu bellashuvlarda, afsuski, vakillarimiz saralash bosqichidan o‘ta olishmadi.
Xususan, saralash bosqichi bahslarida Janubiy Koreya 836,7 ball bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, so‘nggi o‘rinda saralangan Xitoy Taypeyi sportchilari 829,8 ball bilan cheklanishdi. Hamyurtlarimiz esa 813,7 ball bilan 14 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar