
Merganlarimiz Qozog‘istondagi musobaqada ishtirok etmoqdalar
Bugun Qozog‘istonning Chimkent shahrida kamondan otish bo‘yicha Shertay Amirbekov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir start oldi. Bahslarda Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 180 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishmoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Turnirda yurtimiz sharafini Shahboz Hojibekov, Yunus Sarmambetov, Shohjahon Abdulhamidov, Keldiyor Hasanov, Maftuna Mahmudova, Ozodbek Ungalov, Sherzodjon Asadov, Sevinchbek Abduraxmonov, Chen Yao Yuy kabi sportchilar himoya qilmoqdalar. Hamyurtlarimiz turnirda murabbiylar Amet Umerov hamda Irina Savinova qo‘l ostida qatnashishmoqda.
Fikrlar