
Mariya Sharapovaning kuchi yosh tennischiga etmadi
London shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida ayol tennischilar saralanmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 34.000.000 funt sterling bo‘lgan turnirning birinchi davrasida rossiyalik Mariya Sharapova hamda Vitaliya Dyachenko o‘zaro raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinning birinchi setida Mariya raqibini tay-brekda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, qolgan setlarda 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar