Marchello Lippi Osiyo kubogidan so‘ng Xitoy terma jamoasidan ketadi, sababi...

  • 31 oktabr, 2018, 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Marchello Lippi tez orada Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqadi. Bu haqda France Football nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 70 yoshli mutaxassis yaqinlashib kelayotgan BAAdagi Osiyo kubogidan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi. Lippining bunday qarorga kelishiga sabab, u vataniga qaytib asosiy vaqtini oilasi bilan birga o‘tkazmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Marchello Lippi Xitoy terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning chin yurtidagi yillik maoshi 23 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!