
Marchello Lippi: MYu "Yuventus"ni tasodifan mag‘lubiyatga uchratdi
Italiyalik mashhur mutaxassis Marchello Lippining fikricha Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida "Manchester Yunayted" "Yuventus"ni tasodifan mag‘lubiyatga uchratgan.
“Bitta o‘yinda barcha narsa sodir bo‘lishi mumkin. “Yunayted”ning g‘alabasi tasodifiy bo‘ldi. Ular 85 daqiqa himoyalanishdi va kamida 4ta gol o‘tkazib yuborishlari kerak edi”, - deydi Lippi.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar navbatdagi uchrashuvni ertaga A Seriya doirasida “Milan”ga qarshi o‘tkazishadi.
Fikrlar