
Maradona Libertadores kubogi finali oldidan yuzaga kelgan tartibsizlikda Argentina prezidentini aybladi
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona kecha "River Pleyt" - "Boka Xuniors" jamoalari o‘rtasidagi Libertadores kubogi finali oldidan "Monumental" stadioni oldida sodir bo‘lgan tartibsizlikda mamlakat prezidenti Maurisio Makrini aybladi.
“Mening yurtimda hamma narsa ham unchalik yaxshi emas. Prezident yaqinda vaziyat o‘zgarishini aytganda ko‘p odamni aldagan edi. Ayni damda Argentinada vaziyat juda og‘ir, talonchilik, qotilik va hujum qilishlar keskin ortgan.
Libertadores kubogi javob finali oldidan nimalar bo‘lganidan xavotirdaman. Hukumat futbolchilar xavfsizligini ta’minlashi shart edi. Prezidentga shuni aytmoqchimanki, u faqatgina o‘z farovonligini emas, mamlakatga ham g‘amxo‘rlik qilish haqida o‘ylashi kerak”, - deydi Maradona.
Fikrlar