
Manchini qachon Balotellini terma jamoaga chaqirishini aytdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Nitstsa” hujumchisi Mario Balotellining termaga qaytishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Men o‘z vaqtida Mario uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilganman. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi. U termaga qaytadi, biroq oldin bunga loyiq bo‘lish kerak.
– Hozir uning yoshi 28da, unda hali vaqt bor. Evropa chempionati va kelasi jahon chempionati uning uchun so‘nggi katta turnirlar bo‘ladi.
– Kvalyarella? Agar bizda hujumda muammo bo‘lsa va u shunday ko‘p gollar urishda davom etsa, o‘shanda men uni chaqiraman. Biroq u shuni bilib qo‘yishi kerakki, bizda uning (futbolchi ayni damda 35 yoshda) yoshidagi terma jamoa bo‘lmaydi, – deydi Manchini.
Fikrlar