"Manchester Siti" Sane bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 18 oktabr, 2018, 23:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Leroy Sanega yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 22 yoshli germaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola talab qilmoqda. Kataloniyalik mutaxassis Sanening imkoniyatlarini ancha yuqori baholab, kelajakda unga katta umid bog‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sanening “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!