
“Manchester Siti” Sane bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Leroy Sane bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “shaharliklar” allaqachon 22 yoshli germaniyalik futbolchi bilan bu borada muzokaralarni boshlab yuborgan. Ta’kidlash kerakki, Sanening amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar