Malkom: “Barselona”dan ketishni rejalashtirmayapman

  • 9 fevral, 2019, 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom jamoasini o‘gartirmoqchi emasligini aytib o‘tdi.

Tecno

“Men “Barselona”dan ketishni rejalashtirmayapman. Mening shartnomam tugashiga esa yana 4,5 yil bor. Kataloniyaliklar safida muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Messi bilan birga shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lganim ajoyib. Jamoaga hali ko‘p yordamim tegishi mumkinligiga ishonaman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Malkom “Barselona” safiga yozda 42 mln evro evaziga “Bordo”dan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!