
Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Mahmud Muradov o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 27 dekabr sanasida o‘tkazadi.
Chexiyaning Praga shahridagi “O2” arenasida o‘tadigan mazkur to‘qnashuvda unga polshalik Grjegorj Sivi raqiblik qiladi. Bu sportchi professional janglarda 13 marta ringgi chiqib, 10 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. So‘nggi marta u shu yilning iyun oyida ringga ko‘tarilgan va zafar quchgan.
Mahmud Muradov esa 7 oktyabr kuni Plzen shahri mezbonlik qilgan “X Fight Nights 12” turniri doirasida ringga chiqib, aniq zarbalar seriyasi evaziga bolgariyalik Deyan Topalskini (16−6) muddatidan oldin mag‘lub qilgan edi.
29 iyun kuni braziliyalik Devid Ramires bilan bo‘lgan revansh jangidan so‘ng u XFN versiyasi bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar