
MYu Mourino o‘rniga ikkita nomzod topib qo‘ydi
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri va “Chelsi” sobiq ustozi Antonio Konte xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Express nashri.
Manbaning yozilishicha, mankunianliklar ustozi italiyalik mutaxassislarni jamoaning amaldagi ustozi Joze Mourinoga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Avvalroq Konte “Chelsi” bilan shartnomasini to‘liq bekor qilgan edi. Endi u har qanday jamoa bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, Kontega Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar