Lyov Germaniya terma jamoasi futbolchilari uchun ta’qiqlar joriy etishda davom etadi

  • 5 sentabr, 2018, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Bundestimga chaqirilgan futbolchilarga yangi cheklovni joriy qildi.

Tecno

SportBild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 58 yoshli mutaxassis terma jamoa a’zolari mehmonxonaga albatta qaytishlarini va soat 00:00dan kech qolmagan holatda o‘z xonalarida bo‘lishi shartligini aytgan. Shuningdek, terma jamoa joylashgan mehmonxona barlariga kirish ham qat’iyan ta’qiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCh-2018da Meksika, Shvetsiya va Janubiy Koreya terma jamoalari joy olgan guruhda so‘nggi o‘rinda qolib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!