Luchano Spalletti: "Inter" inqirozda emas

  • 15 dekabr, 2018, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoasining ayni damda inqiroz ko‘chasiga kirib qolgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ha, oxirgi uchrashuvda biz o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng asabiylashdik, lekin o‘yinning qolgan qismini ishonchli o‘tkazdik va uch ochkoga munosib edik. “Inter” bundanda yaxshiroq o‘ynashi mumkin, ammo bitta o‘yindagi muvaffaqiyatsizlik sabab jamoaning inqirozga tushib qolgan deyish noto‘g‘ri. Jamoaning so‘nggi natijalari yaxshi bo‘lmadi, ammo biz vaziyatni to‘g‘rilash ustida ishlayapmiz”, - deydi Spalletti.

Eslatib o‘tamiz, “neradzurrilar” so‘nggi 7ta o‘yinning faqat 1tasida g‘alaba qozonishdi holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!