
Lopetegi: Ektor Errera haqidagi xabarlar uydirma
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Portu" xavbeki Ektor Errerani shaxsan o‘zi jamoaga chaqirgani borasidagi xabarlarni inkor etdi.
“Ektor Errera haqidagi xabar shunchaki o‘ylab topilgan. Men “Portu”ga bormadim. Shunchaki oilam bilan dam oldim. Men Ektor bilan uchrashmadim”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 28 yoshli meksikalik futbolchiga "Tottenxem", "Inter" va "Milan" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar