
"Liverpul" etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
Xabaringiz bor "Liverpul" etakchisi Jeyms Milner kecha APLning 8-turida "Manchester Siti" ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi bir necha hafta maydonga qaytolmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Milner joriy mavsum “Liverpul” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar