
"Lion" klubi a’zosi terma jamoaga chaqirildi
"Lion" klubi himoyachisi Jeremi Morel xalqaro turnirlarda faoliyatini boshladi.
34 yoshli frantsiyalik futbolchi Afrika Millatlar Kubogi-2019 turnirida ishtirok etish uchun Madagaskar terma jamoasi bilan kelishuvga erishdi.
Aytib o‘tish joizki, Morelning otasi Madagaskarda tug‘ilgan. Futbolchi "Lion", "Marsel" hamda "Loryan" klubida to‘p tepgan.
- Madagaskarliklarning iltimoslariga rozilik berganimdan xursandman, - deb yozib qoldirdi Jeremi o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Fikrlar