
Leroy Sane: Bizni oldinda yana 4ta final kutib turibdi
"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida "Xoffenxaym" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Xoffenxaym” – kuchli jamoa. Shu bois biz bu o‘yin biz uchun og‘ir kechishini avvaldan bilgan edik. Yakunda g‘alaba qozonganimizdan esa juda ham xursandmiz.
Oldinda guruh bosqichining yana 4ta uchrashuvi kutib turibdi va ularning barchasi biz uchun finaldek. Biz bugun bu borada muhim qadam tashladik, ammo oldinda bizni qiyin uchrashuvlar kutmoqda”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar” ayni damda 3 ochko bilan guruhda 2-pog‘onani egallab turishibdi. “Lion” esa 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlar esa mos ravishda “Shaxtyor” (2) va “Xoffenxaym”ga (1) tegishli.
Fikrlar