
Legionerlarimiz. Gadoevning jamoasi o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi - K Liga 2 da 18-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" klubi o‘z maydonida "Suvon Siti"ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar o‘z maydonlarida bo‘lishlariga qaramay, raqibga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Gadoev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada zaxiraga olindi. Bugungi natijadan so‘ng "Tedjon Sitizen" jamg‘argan ochkolar soni 21 taligicha qoldi va jamoa ligadagi 12 klub orasida turnir jadvali 8-o‘rinda bormoqda.
K Liga-2. 16-tur
"Tedjon Sitizen" - "Suvon Siti" 0:2.
Fikrlar