
"Latsio" o‘z to‘purarini xitoyliklarga sotmadi
Rimning "Latsio" klubi o‘zining to‘purar hujumchisi Chiro Immobileni xitoyliklarga sotishni xohlamadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra rimliklar "Dalyan Ifan" klubining 28 yoshli futbolchi borasida yuborgan 60 million evrolik taklifini rad etishgan.
Ma’lumot uchun, Immobile joriy mavsum “Latsio” safida A Seriyada 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Dalyan Ifan" bundan avvalroq “Chelsi” forvardi Olive Jiruga ham super taklif bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar