
Kostaning Ronalduga havasi kelmoqda
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Diego Kosta Portugaliya termasi bilan bo‘lgan JCh-2018 guruh bosqichi ilk uchrashuvidan (3:3) so‘ng Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Krishtianuni tabriklash kerak. Bunday natijani qayd etgandan so‘ng qanday qilib uni tanqid qilish mumkin. Yaxshisi unga teginmaslik kerak. Men xuddi unga o‘xshashni istardim. Ammo buning uchun qattiq mehnat qilishim zarur, – deydi Kosta.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi bu bahsda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Kosta dublga mualliflik qilgan.
Fikrlar