
Konte "Chelsi"ni tark etganidan so‘ng nimalar dedi?
Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa bilan xayrlashdi.
- Birinchi navbatda "Chelsi"dagi do‘stdarimga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, ular bilan bir kuch bo‘lib ketma-ket ikki mavsum Chempionatda va Angliya kubogi sohibiga aylandik.
Jamoada to‘p tepgan har bir futbolchidan mamnunman. Jamoa a’zolarining mehnat sevarligi va qobilyati bunday natijalarga erishishimizda bizga katta yordam berdi. Ular bilan bir jamoada faoliyat olib borish men uchun sharaf edi.
Murabbiylar shtabiga ham katta rahmat. Shtabning qo‘llab-quvvatlashi hamda sadoqati tufayli biz bunday cho‘qqilarga ko‘tarildik.
Angliya, Londonda xayot kechirganimdan bag‘oyat xursandman. "Chelsi" muxlislari men va oilamga juda iliq munosabat bildirishgan bu uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Umid qilamanki, "Chelsi" keyingi mavsumda ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni a’lo darajada bajarishadi. Ikki yil davomida menda ajoyib ta’surotlar yig‘ildi va bularni men o‘zim bilan boshqa klubga olib ketaman, - deya Kontening so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar