
Kondogbia Frantsiya termasida boshqa o‘ynamaydigan bo‘ldi
2013 yil Frantsiya safida Turkiyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqqan va mamlakat bosh jamoasi safida 5 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan 25 yoshli futbolchi Markaziy Osiyo Respublikasi termasi safida o‘ynamoqchi.
Joffri Kondogbia bu borada FIFAdan ruhsat ham oldi. Ma’lumot uchun, Kondogbianing o‘zi Frantsiyada tug‘ilgan, ammo uning ota-onalari MARda tavallud topgan. Uning akasi Evan esa aynan MAR terma jamoasi a’zosi sanaladi.
U hozir jarohati bois, termasiga yordam berolmaydi, ammo oktyabr oyidagi o‘yinlarda MAR safida maydonga tushishi mumkin.
Fikrlar