
Kimmix Filip Lamga etib olmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Joshua Kimmix milliy terma jamoa safida myunxenliklar sobiq himoyachisi Filip Lamdek ko‘p uchrashuv o‘tkazish niyatida ekanini aytib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, Lam Germaniya terma jamoasi tarkibida jami 113ta bahsda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
“Niyatim tez orada milliy terma jamoada o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Lamga tenglashib olish. “Bavariya”ga keladigan bo‘lsam. Bu klubga kelishim, keyinchalik ushbu jamoada o‘ynaganimdan fahrlanib yurishim uchunligi avval boshidan ma’lum edi”, - deydi Kimmix Sport Bild nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi hozirgacha Bundestim tarkibida jami 18ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 2ta gol kiritishga muvoffaq bo‘lgan.
Fikrlar