Kavani PSJdan ketsa uning o‘rnini kim egallaydi?

  • 14 fevral, 2019, 14:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi rahbariyati mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan urugvaylik hujumchi Edinson Kavaniga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar bu vaziyatda Kilian Mbappeni markaziy hujum pozitsiyasiga olib o‘tishmoqchi. Uning o‘rniga esa "Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutinoni olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, braziliyalik futbolchi ayni damda kataloniyaliklar safida asosiy tarkibdan muqim o‘rin egallay olmayapti. Bundan tashqari PSJda uning hamyurti va eng yaqin do‘sti Neymar ham to‘p suradi. Shu bois u parijliklar taklifini qabul qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Barselona” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 140 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!